Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda bu bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

—O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida bugungi kunda 35 ta ilmiy tashkilot, 210 ta ilmiy laboratoriya va bo‘limlarda 78 ta akademik, 488 ta fan doktori, 831 nafar fan nomzodi, 2 ming 831 ta ilmiy xodim faoliyat yuritmoqda.  

Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida ilmiy texnika dasturlarida 81,7 milliard so‘mlik 139 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Akademiyaga 2023-yilda fundamental tadqiqotlar uchun davlat byujetidan 33,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.    

O‘tgan bir yil davomida olimlarimiz tomonidan jami 2 ming 809 ta ilmiy maqola, 228 ta monografiyalar chop etildi. Ixtiro va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish faoliyatiga fan bo‘limlari kesimida qaralganda, fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi olimlari 56 ta ilmiy mulk himoya hujjatlarini olgan bo‘lib, ilmiy mahsulotlarning 14 tasi tijoratlashtirilgan. Kimyo-biologiya yo‘nalishida 54 ta ilmiy mulk himoya hujjatlari olinib, 19 tasi tijoratlashtirildi.  

Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarimiz keng omma va mutaxassislar uchun 6 jilddan iborat lotin yozuviga asoslangan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, Axsikent yodgorligiga bag‘ishlangan “Axsikent arxeologiya parki” kitob-albomi, 11 jildlik “O‘zbekiston tarixi va manbalari” kitoblarini nashr ettirdi.  

Yana bir muhim jihatlardan biri, Umumiy va noorganik kimyo institutida xorijdan keltirilgan 6 ta noyob asbob-uskunadan iborat jamoaviy foydalanish markazi ishga tushirildi. O‘tgan bir yil davomida xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun 48 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi. Ilmiy xodimlarning 699 nafari xorijiy ilmiy safarlarga borib kelishgan bo‘lsa, jahon tan olgan kuchli mutaxassislar, olimlarning 823 nafari ilmiy tashkilotlarimizga yangi loyihalar yuzasidan tashrif buyurdi.  

Ayrim ilmiy natijalarga diqqatingizni qaratsak. Olimlarimiz tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun faunaga doir original xarita yaratilgan. Boshqariladigan tabiiy hududlardagi quruqlik umurtqali hayvonlar faunasi o‘rganilgan va tadqiqot hududining monitoring tizimini ishlab chiqish uchun ularning sxematik xaritalari tuzildi.  

Qoraqalpog‘iston tuproqlarining fizik-mexanik xususiyatlari tadqiq qilindi. Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan yerlarida bino va inshootlar qurish uchun muhandislik-geologik asoslari yaratildi.  

Sharqshunos olimlarimiz tomonidan Ab-u Rayhon Beruniyning “Tanlangan asarlar”i to‘qqizta jildi, shuningdek, “Hindiston” asari qoraqalpoq tilida chop qilindi.  

N.Rahmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?