Falastin Prezidenti Mahmud Abbos AQSH yetakchisi Donald Trampning G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish haqidagi e’loni hamda HAMAS harakatining bunga ijobiy munosabatini olqishladi.

Rasmiy axborot agentligi "Wafa" xabariga ko‘ra, Abbos bu voqea barcha mahbuslarni ozod qilish, hozirgi o‘ta og‘ir vaziyatda milliy mas’uliyat hissini namoyon etish uchun juda muhim ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga Falastin Tramp va barcha manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikka tayyorligini ham tasdiqladi.

– Xalqaro huquq asosida mustahkam va adolatli tinchlikka erishish ustuvor vazifa, – dedi u. – O‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish birinchi qadam bo‘lishi kerak. So‘ngra barcha isroillik va falastinlik asirlarni ozod qilish, BMT agentliklari orqali shoshilinch insonparvarlik yordami yetkazish, majburiy ko‘chirish va qo‘shib olishning oldini olish, vayron bo‘lgan hududlarni tiklash ishlarini boshlash zarur.

Abbos "sektor ustidan suverenitet Falastinga tegishli ekani"ga urg‘u berarkan, G‘arbiy Sohil bilan G‘azo o‘rtasidagi aloqan yagona boshqaruv tizimi va birlashgan xavfsizlik kuchlari orqali Falastin qonunlari va muassasalari doirasida ta’minlanishi lozimligini takrorladi. Uning fikricha, ayni jarayon arab davlatlari va xalqaro hamjamiyat ko‘magida amalga oshiriladi.

Yetakchi xalqaro hamjamiyatni bir tomonlama harakatdan chekinish, noqonuniy turar-joy qurilishi va zo‘ravon ko‘chmanchilik jarayoniga yo‘l qo‘ymaslik, muqaddas joylarga hujumni to‘xtatish va Falastin soliq daromadini ozod qilish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Mustaqil va suveren Falastin davlati mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda asl hamkor ekani, mustahkam tinchlik mintaqadagi barcha xalqlar uchun xavfsizlik va adolat garovi ekanini qayd etdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Indoneziya va Pokistonga ushbu jarayonga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Falastin Prezidenti Tramp bayonoti va HAMAS javobini olqishladi