O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan ushbu mamlakatning “Xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Farrux Zokirovga “Xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.   

Aytish kerakki, Farrux Zokirov bir vaqtning o‘zida 7 ta – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ingushetiya, Tatariston va Boshqirdistonning xalq artisti hisoblanadi. 

San’atkor taniqli o‘zbek estrada qo‘shiqchisi, bastakor va aktyor sifatida chet mamlakatlarda ham taniqli inson. 1976 yildan beri “Yalla” ansamblining guruh rahbari sanaladi.   

Farrux Zokirov 1946 yilning 16 aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi – O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov – opera qo‘shiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi – Shoista Saidova ham milliy qo‘shiqlarni ijro etuvchi qo‘shiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri yakkaxon xonandasi bo‘lgan.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z davrida Zokirovlar xonadoniga o‘sha vaqtning taniqli sa’nat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan san’atga mehr erta uyg‘onishiga katta turtki bo‘lgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi shakllanishiga ham sabab bo‘lgan.   

Farrux Zokirov 1969 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tamomlagan.   

O‘sha yili ukasi Ravshan bilan birga Toshkent teatr va rassomlik instituti talabalari tomonidan tuzilgan havaskor vokal-cholg‘u ansamblida ishlagan. 1970 yildan boshlab bu ansambl “Yalla” nomi bilan mashhurlikka erishgan.   

1976 yildan Farrux Zokirov ushbu ansamblning badiiy rahbari bo‘lgan. Uning rahbarligida “Yalla” xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ansambl hali ham dunyoning ko‘plab mamlakatlarida - Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, AQSH va boshqa davlatlarda juda mashhur.   

N.Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
E’tirof