Millat yuksalişi tafakkurdan boşlanadi
Ziyolilar jamiyatning intellektual tayançi, milliy taraqqiyotning ğoyaviy yetakçisi va kelajak avlod dunyoqaraşini şakllantiruvçi muhim kuçdir.
Har qanday mamlakat va millatning yuksalişi, taraqqiyoti hamda xalqaro maydonda munosib örin egallaşi, avvalo, uning intellektual salohiyati, maʼnaviy qiyofasi va jamiyatda ilm-maʼrifatga bölgan munosabat bilan belgilanadi. Bu jarayonda ziyolilarning örni va iştiroki beqiyosdir. Zero, millatning buguni va ertasi, eng avvalo, uning tafakkuri, bilimga intilişi va yaratuvçanlik salohiyatida namoyon böladi.
Şu maʼnoda, Prezidentimiz taşabbusi bilan mustaqil Özbekiston tarixida ilk bor «Özbekiston ziyolilari kengaşi»ning hududiy yiğilişlari ötkazilayotgani mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy hayotida muhim voqea böldi. Bu taşabbusni şunçaki navbatdagi muloqot yoki tadbir sifatida emas, balki milliy taraqqiyotning yangi bosqiçida ziyolilarning jamiyat va davlat hayotidagi örnini qayta anglaş, ularning salohiyatini umummilliy maqsadlar yölida safarbar etişga qaratilgan strategik qadam sifatida baholaş lozim.
Bugun dunyoda keçayotgan geosiyosiy jarayonlar, global axborot makonidagi keskin raqobat, madaniy taʼsirlar va qadriyatlar transformatsiyasi har bir millat oldiga özligini saqlaş, milliy manfaatlarini himoya qiliş va kelajagini mustahkam asoslarda qurişdek dolzarb vazifalarni qöymoqda. Bunday şaroitda faqat iqtisodiy islohotlar yoki texnologik taraqqiyotning özi bilan kutilgan natijaga erişib bölmaydi. Buning uçun jamiyatda yuksak tafakkur, soğlom dunyoqaraş, mustaqil fikrlaş va maʼnaviy barqarorlikni şakllantiriş zarur.
Aynan şu nuqtai nazardan, «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» şiori ostida ötkazilayotgan muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki bugun ziyolilardan nafaqat öz sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritiş, balki jamiyatdagi dolzarb muammolarga befarq bölmaslik, yangi ğoya va taşabbuslar bilan çiqiş, yoş avlodni ezgu maqsadlar sari yönaltiriş hamda mamlakat kelajagi uçun masʼuliyatni his etiş talab etilmoqda.
Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş jarayonida ziyolilarning örni, taşabbuskorligi va faol iştirokini oşirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Eng muhimi, uşbu jarayonlarda ziyolilarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi iştirokini kuçaytiriş, ularning ilmiy, ijodiy va intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda samarali faoliyat yuritişi uçun munosib şart-şaroit yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, ziyolilarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş masalalari Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2016-yilgi saylovoldi dasturida ham muhim vazifalardan biri sifatida ilgari surilgan edi. Bugungi kunda bu ğoyaning amaliy ifodasi sifatida ziyolilar bilan tizimli muloqot yölga qöyilayotgani, ularning fikr va takliflari davlat siyosati hamda jamiyat taraqqiyoti bilan boğliq masalalar muhokamasiga jalb etilayotgani muhim ahamiyatga ega.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi ön yillikning mamlakatimizda «Milliy yuksaliş davri» bölişi belgilangani esa bu jarayonlarga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, milliy yuksaliş — bu faqat iqtisodiy körsatkiçlarning ösişi yoki infratuzilmaning rivojlanişi emas. Bu, eng avvalo, inson qadrining yuksalişi, jamiyat tafakkurining özgarişi, ilm-fan va innovatsiyalarning hayotimizdagi örni mustahkamlanişi, milliy özlik va zamonaviy dunyoqaraş uyğunligiga erişiş demakdir.
Aynan şu uluğ maqsadni röyobga çiqariş, mamlakatimizning ilmiy-intellektual va ijodiy salohiyatini yagona ezgu ğoya atrofida birlaştiriş bugungi muloqotlarning asosiy mazmunini taşkil etmoqda.
Respublikadan taşrif buyurgan va mahalliy ziyolilar iştirokidagi muhokamalarda inson kapitalini rivojlantiriş, globallaşuv şaroitida yoş avlodning mafkuraviy va raqamli immunitetini şakllantiriş, axborot makonida soğlom muhitni qaror toptirişning taʼsirçan mexanizmlarini yölga qöyiş kabi dolzarb masalalarning muhokama etilayotgani ham bejiz emas.
Çunki bugungi yoşlar axborotni qabul qiluvçi oddiy isteʼmolçi emas, balki raqamli makonning faol iştirokçisi hisoblanadi. Ular turli manbalardan ulkan hajmdagi maʼlumotlarni oladi, biroq har doim ham haqiqat va yolğonni, xolis axborot va manipulyatsiyani bir-biridan farqlaş imkoniyatiga ega emas. Şu bois yoşlarda tanqidiy fikrlaş, axborotni tahlil qiliş, mustaqil xulosa çiqariş va milliy manfaatlarni anglaş könikmalarini şakllantiriş bugungi maʼnaviy-maʼrifiy siyosatning ustuvor yönalişlaridan biri bölişi kerak.
Bu borada ziyolilar, olimlar, pedagoglar, ijodkorlar va jamoatçilik vakillari zimmasiga katta vazifalar yuklanadi. Zero, yoşlarning ongi va qalbi uçun kuraş faqat taʼlim muassasalari yoki davlat taşkilotlarining vazifasi emas. Bu butun jamiyat, ayniqsa, öz sözi va şaxsiy namunasi bilan odamlarga taʼsir körsata oladigan ziyolilarning umumiy masʼuliyatidir.
Şuningdek, muloqotlar davomida oila, mahalla va taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va zamonaviy dunyoqaraşni uyğun şakllantiriş masalalariga eʼtibor qaratilayotgani ham muhimdir.
Bunda, ayniqsa, ziyolilarning jamiyatdagi maʼnaviy yetakçilik rolini kuçaytiriş zarur. Çunki yoş avlodga milliy qadriyatlarni faqat tarğib qiliş bilan çeklanib bölmaydi. Ularning hayotiy ahamiyatini zamonaviy misollar, ilmiy dalillar, ijodiy yondaşuv va şaxsiy ibrat orqali namoyon etiş lozim. Milliylik va zamonaviylikni bir-biriga qarama-qarşi qöymasdan, ularni yagona taraqqiyot mezoni sifatida uyğunlaştiriş bugungi ziyolilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Eng muhimi, Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişlari fikr almaşiş bilan çeklanib qolmasdan, aniq taşabbuslar, amaliy takliflar va natijador hamkorlik maydoniga aylanişi kerak. Har bir hududda mavjud ilmiy, maʼrifiy va ijodiy salohiyatni aniqlaş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, jamiyatni qiynayotgan maʼnaviy va ijtimoiy muammolarga yeçim topiş, ilm-fan va taʼlim bilan işlab çiqariş örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaş kabi vazifalarda ziyolilarning iştiroki kengaytirilişi muhim.
Şu bilan birga, Kengaş faoliyati orqali jamiyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan ziyolilarning xolis fikri va ekspertlik xulosalarini eşitiş, ilgari surilgan takliflarning amaliy ijrosini taʼminlaş, ularning natijalarini jamoatçilikka yetkaziş tizimini şakllantiriş mumkin. Bu esa ziyolilar bilan davlat va jamiyat örtasidagi işonçli muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Işonçim komilki, bugun boşlanayotgan muloqotlar istiqbolda mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyat sohalari rivojiga yangi surʼat bağişlaydi. Eng asosiysi, ular ziyolilarni faqat maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarning iştirokçisi emas, balki milliy taraqqiyotning faol taşabbuskori va intellektual yetakçisiga aylantiriş uçun mustahkam zamin yaratadi.
Zero, millatni yuksaltiriş uçun, avvalo, uning tafakkurini yuksaltiriş zarur. Tafakkur yuksalgan joyda ilm-fan rivojlanadi, ilm-fan rivojlangan joyda taraqqiyot böladi, taraqqiyot bor joyda esa millatning buyuk kelajagi uçun mustahkam poydevor yaratiladi.
Milliy yuksaliş davrining muvaffaqiyati ham aynan şu omil — ilmli, mustaqil fikrlaydigan, milliy özligini anglagan va mamlakat taqdiri uçun masʼuliyatni his etadigan avlodni tarbiyalaşga boğliq. Bu ezgu maqsad yölida ziyolilarimizning birlaşişi, taşabbuskorligi va faol iştiroki esa Yangi Özbekistonning yangi taraqqiyot bosqiçida hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.
Muhammadali Ubaydullayev
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi
Namangan viloyati bölinmasi rahbari