Çirçiqda yoş musiqaçilarga milliy çolğular sovğa qilindi
Çirçiqdagi musiqa maktabida Özbek milliy çolğu ijroçiligini rivojlantiriş maqsadida muhim tadbir ötkazildi. Ustoz Toir Qöziyev iştirokidagi uçraşuv yoş isteʼdodlarga ilhom bağişladi.
Özbek musiqasi özining jozibasi bilan jahon musiqasidan ajralib turadi. Uning tarovatini yoşlar ongiga munosib singdiriş hamda ustozlar faoliyatini ularga ibrat qilib körsatiş orqali milliy musiqamiz kelajagiga munosib hissa qöşiş mumkin.
Ayni şu maqsadda, Çirçiq şahridagi 3-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Özbekiston Milliy çolğu ijroçiligi ijodiy birlaşmasi raisi Toir Qöziyev iştirokida ijodiy uçraşuv va mahorat darsi taşkil etildi.
Masʼullar maktabdagi taʼlim jarayoni, öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişiş bilan birga, öquvçilar tomonidan tayyorlangan konsert dasturidan bahramand böldi.
Ustoz ijodkor Toir Qöziyev mahorat darsi davomida yoş ijroçilarga milliy çolğu ijroçiligi va ijro mahoratini oşiriş böyiça tavsiyalar berdi.
Tadbir yakunida faol iştirok etgan öquvçilarga Özbekiston Milliy çolğu ijroçiligi ijodiy birlaşmasi tomonidan milliy çolğu sozlari topşirilgani yoş isteʼdod egalariga kutilmagan quvonç va ulkan marralarni közlaşga işonç baxş etdi.
Şerbek Islomov,
ÖzA