2024 yilda Adliya vazirligi tomonidan aholi huquqiy ongini oshirish, huquqiy muammolarini barvaqt aniqlash, davlat xizmatlarini osonlashtirish, sifatini yaxshilash va yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yilda elektron tizimlarda 70 dan ortiq yangi xizmatlar joriy qilinib, DXMlar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 409 taga yetkazildi.

Buxoro viloyatida har chorshanba kuni mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkaziladigan huquqiy targ‘ibot kunlarida, uyma-uy yurishlarda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ko‘nikmalari oshirib borayotganini ko‘rish mumkin. Natijada viloyatida onlayn xizmatlardan foydalanish ko‘rsatgich yildan yilga oshib boryapti. 2022 yilda onlayn xizmatlar soni jami xizmatlarga nisbatan 31 foizni, 2023 yilda 37 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatgich 41 foizga yetdi. 2025 yilda 50 foizdan oshirish rejalashtirilmoqda. 

– Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman, – deydi Xayriniso Tog‘ayeva. – Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib kelganimda bu yerdagi xodimlar juda ham xushmuomalalik bilan kutib olib, doim murojaatlarimizni o‘z vaqtida qonuniy hal qilib berishadi.

Uzoq chekka hududlarda joylashgan mahallalar aholisiga davlat xizmatlarida mahalladan turib foydalanishni ta’minlash maqsadida 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi uchun zarur bo‘lgan 50 turdan ortiq xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan infokiosklar o‘rnatilib “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlar tashkil qilinmoqda. 2024 yilda ushbu infokiosklar orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganlarga yoki ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarga 50 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 

– Davlat xizmatlari markaziga keldim, – deydi fuqaro Maqsuda Muhammedova. – Barcha sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarimiz o‘z vaqtida hal etilmoqda. Oldinlari shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarimiz uyda qolgan bo‘lsa, buning uchun uyga borib uydan olib kelgancha qancha vaqt o‘tib ketardi. Hozir hammasi elektron tarzda amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda fuqarolarga yanada qulay xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida DXMlarda FACE-ID shaxsni identifikatsiya qilish texnologiyasi joriy qilinib, fuqarolarga pasportsiz ham xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Viloyatning olis va chekka hududlarida joylashgan aholiga davlat xizmatlaridan o‘z joylaridan foydalanishlarini ta’minlash maqsadida mavjud Davlat xizmatlari markazlarining 9 ta filiallari orqali 40 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 

– Davlat xizmati markazida fuqarolarga 100 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda, – deydi G‘ijduvon tumani Davlat xizmatlari markazi direktori Husan Nosirov. – Avvallari fuqarolarga pasport bo‘lmasa xizmat ko‘rsatishning imkoni bo‘lmasdi. Yaqin kunlarda yaratilgan yangiliklardan kelib chiqib, pasport bo‘lmasa ham zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda fuqaroning FACE-ID orqali shaxsini integratsiya qilgan holda ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi. Mahallalarga borib aholini MOBIL IDdan o‘tkazish, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ro‘yxatdan o‘tkazib, ularga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ayrim mahallalarda infokiosklar o‘rnatilgan va undan aholi doimiy foydalanib kelmoqda. 

– Tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallada infokiosk tashkil etilgan. Buning o‘ziga yarasha qulayliklari bo‘lib, endi insonlar uzoqqa bormaydi va vaqti ham tejaladi, – deydi G‘ijduvon tumanidagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qobil Ergashev.

Adliya vazirligining tashabbusi bilan aholini kitobxonlikka qiziqtirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘qib bo‘lgan kitoblarini DXMga qoldirib, o‘rniga boshqa kitob olishni targ‘ib qiluvchi aksiyasi ham o‘tkazib borilmoqda. Ushbu tashabbus aholi tomonidan yaxshi kutib olinib, birgina joriy yil fevral oyining o‘tgan davrida mingdan ortiq kitoblar DXMlarga topshirilib, o‘rniga boshqa kitoblar olindi. 

[gallery-22128]

Davlat xizmatlarini  “yagona darcha” tamoyili asosida bir joyning o‘zida ko‘rsatilishini yanada yaxshilash maqsadida Buxoro viloyatida bugungi kunda 8 ta DXMda haydovchilik guvohnomasi, 9 ta xorijga chiqish pasporti va 1 ta DXMda ID-karta berish xizmatlari joriy qilindi. Umuman olganda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar aholining davlat idoralaridan rozi bo‘lishlari uchun mustahkam zamin hozirlanmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat xizmatlari: aholi roziligi yo‘lidagi ijobiy rejalar