Fransiyaning “CMA CGM Air Cargo” transport-logistika korxonasi bugundan Chjenchjou – Navoiy – Parij yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi. Birinchi samolyot mahalliy vaqt bilan erta tong 6:27 da O‘zbekistonning navqiron shahriga qo‘ndi.

Aviatsiya an’anasiga ko‘ra, yuk tashuvchi uchoq yoysimon sun’iy favvora shaklidagi suv purkamasi bilan kutib olindi.

Dasturga muvofiq, Chjenchjoudan Parijga yo‘l olgan reys uchun Navoiy aeroporti texnik bekat vazifasini o‘taydi. Hozircha mazkur yo‘nalish bo‘ylab “Airbus A350”da haftasiga 5 marta havo safari amalga oshiriladi.

Qarorgohi Parijda joylashgan mashhur “CMA CGM Air Cargo” fransuz aviakompaniyasi 2021 yil “CMA CGM” transport guruhi aviatsiya sho‘’basi shaklida tashkil etilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“CMA CGM Air Cargo” Navoiyga muntazam parvoz yo‘lga qo‘ydi