Mamlakatimizda navqiron avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi barobarida chet tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun zarur shart-sharoit yaratish masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori navqiron avlodning xorijiy tillarni o‘rganishiga oid amaliy chora-tadbirlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda.

Buni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 3-akademik litsey misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu ta’lim maskanida xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha 659 o‘quvchi tahsil oladi.

Litseyda o‘quvchilarga ingliz, rus, ispan, fransuz, xitoy tillaridan chuqurlashtirilgan dastur asosida ta’lim beriladi. Bundan tashqari, geografiya, tarix, fizika, kimyo, informatika, ma’naviyat asoslari kabi fanlar ham ingliz tilida o‘qitilmoqda. O‘quvchilar ushbu fanlarni o‘zlashtirish barobarida xorijiy tillarni ham puxta o‘rganmoqda.

Litseyda o‘quvchilarning bilim darajasi har oyda tahlil qilib boriladi. Chet tillarni chuqurroq o‘zlashtirishga intilayotgan o‘g‘il-qizlar til to‘garaklarida qatnashib, o‘z bilimini oshirmoqda. Ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, o‘quvchilarning davr bilan hamnafas yashashi, dunyo yoshlari bilan integratsiyalashishi, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor berilmoqda. Litseyda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar dars jarayoni uchun zarur barcha zamonaviy o‘quv qurollari, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Zamonaviy shart-sharoitga ega axborot-resurs markazi o‘quvchilar bilan har doim gavjum.

– Yoshlarning zamonaviy bilim olishi va kasb-hunar sirlarini o‘rganishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ayniqsa, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan, – deydi akademik litsey direktori Bekjon Azizov. – Ta’lim muassasamiz O‘zbekiston davlat jahon tillari, Toshkent axborot texnologiyalari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetlari kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalari tilshunos professor-o‘qituvchilari litsey o‘quvchilariga dars berish va ma’ruzalar o‘qish uchun taklif etilmoqda.

Litseyni har yili uch yuzga yaqin o‘quvchi tamomlaydi. Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasasini bitirgan bir qator o‘quvchilar AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqda.

Litsey direktorining ta’kidlashicha, har yili bitiruvchilarning 70 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirar ekan. Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda malakali pedagoglarning xizmati beqiyos. O‘qituvchilar pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida malakasini oshiradi. Tinglovchilar fanlar va xorijiy tillarning eng so‘nggi yutuqlari, yangi pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar asosida ma’ruza va seminarlarda ishtirok etib, bilimlarini mustahkamlaydi.

– Har oy oxirida litseyimiz o‘quvchilari o‘rtasida o‘zlashtirilgan bilimlar asosida musobaqa tashkil etiladi, – deydi litsey o‘quvchisi Sevinch Avazova. – Musobaqada savol-javoblar, sahna ko‘rinishi, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy obidalar haqida xorijiy tillarda so‘zlaymiz. Bu kabi musobaqalar chet tillarni puxta o‘zlashtirishimizga, erkin muloqot qilishimizga zamin bo‘lmoqda. Poytaxtimizdagi tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar tashkil etiladi. Sayohat davomida o‘z taassurotlarimizni chet tilida bayon etamiz. Bu amaliy ko‘nikma malakamizni oshirishga yordam bermoqda.

Xorijiy tillarni o‘rganish bugungi kunning muhim talabi. Bu borada yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar ularning hech kimdan kam bo‘lmagan yuksak salohiyatli avlod bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tillarni o‘rganish – zamon talabi