Avval xabar berilganidek, bugun Qonunchilik palatasining majlisida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yil va 2025 yil birinchi choragidagi ijrosi qizg‘in muhokama qilindi.

Deputatlar erishilgan ijobiy natijalar bilan birga, ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, ayrim soha va tarmoqlarda ajratilgan mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilmagan yoxud maqsadli foydalanilmaganini aytib o‘tdilar. Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, xarajatlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berdilar.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirdi. Xususan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarni davom ettirish hamda tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va tezkor tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlashda byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning samarali hamda maqsadli sarflanishiga e’tibor qaratdilar. Dunyoda kuzatilayotgan nobarqarorliklar sharoitida mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolish, tadbirkorlik faolligini yanada oshirishda byudjet-soliq siyosatining rag‘batlantiruvchi mexanizmlaridan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashga oid taklif va tavsiyalar berdilar.  

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari esa Davlat byudjetidagi ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligi va natijadorligiga urg‘u berdilar. Maktab va maktabgacha ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi xarajatlarning ushbu sohalarga oid rivojlantirish dasturlarida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga mosligi tahlil qilindi. Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiyalar o‘z vaqtida berilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.  

Shu bilan birga, kitobxonlikni rivojlantirish, madaniy meros ob’ektlari uchun ajratilayotgan mablag‘lar natijadorligini ta’minlash, bunda vazirlik va tashkilotlarning mas’uliyati va e’tibori zarurligini ta’kidladilar.  

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan ko‘rsatilayotgan bir xil turdagi tibbiy xizmatlar bazaviy narxlari o‘rtasida jiddiy farqlar borligiga, shuningdek, Davlat byudjeti orqali ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ortib borayotgan bir paytda, ayrim muhim jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilmagani hamda tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari o‘z vaqtida o‘zlashtirilmaganiga e’tiroz bildirdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi vakillari muxolifat fraksiya sifatida davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikka zid ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilayotgani natijasida Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda korrupsiya holatlari kelib chiqishiga yo‘l qo‘yilayotganiga e’tiroz bildirdi. Bundan tashqari, rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ayrim byudjetdan mablag‘ oluvchi vazirlik va idoralar tomonidan maqsad indikatorlariga erishilmagani tanqidiy baholandi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zolari “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili”da ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga ajratilgan byudjet mablag‘lari to‘liq o‘zlashtirilmagani, xususan, cho‘l, tog‘li va tog‘oldi hududlarda cho‘llanish va qum ko‘chishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o‘rmonlarini (ihota) barpo etish xarajatlari surunkali ravishda kam miqdorda o‘zlashtirilishiga e’tiroz bildirdilar.  

Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2024 yildagi hamda 2025 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Byudjet mablag‘lari o‘z vaqtida o‘zlashtirilmagan holatlar tanqid qilindi