Buxoroda turizm yarmarkasi
Buxoroda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad, mavjud turizm ob’ektlariga aholini keng jalb qilish, turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari va turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste’molchilarga tanitish.
Tadbirda hunarmandchilik va milliy suvenirlar mahsulotlari yarmarkasi, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) uchrashuvlar, “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar, ichki turizm sohasida yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, qolaversa, tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir doirasida Buxoroning turizm salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar ohangida folklor jamoalarining chiqishlari tashrif buyurgan tomoshabin hamda sayyohlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
[gallery-22129]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari