Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom taqdiqlandi.
Vaqtinchalik nizomda:
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari tarkibi va ushbu xarajatlar qoplab beriluvchi shaxslar toifasi;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari belgilab berilgan.
2026-yil 1-iyulga qadar buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqiladi va kelishgan holda tasdiqlanadi.
2026-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron davlat xizmatini Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va ma’lumotlarni saralovchi, shuningdek, YAIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmat ishga tushiriladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning YAIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishi ta’minlanadi.
Mazkur Nizom buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
2028-yil dekabr oyida kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish hamda imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish 2029-yil 20-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
O‘zA