“Bugungi talaba – ertangi strategik lider” turnirida kuchlilar aniqlandi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Bugungi talaba – ertangi strategik lider” shiori ostida o‘tkazilgan shaxmat turniri talaba-yoshlarga o‘z iqtidolarini namoyish etish imkonini taqdim etdi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 50 dan oshiq oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashgan turnirning finalida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 9 ta tur yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 9 ta turning barchasida g‘alabaga erishishi ortidan turnirning bosh sovrini hamda 50 million so‘m mukofot mablag‘i bilan taqdirlandi.
Musobaqada g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etgan Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi 8 ta g‘alaba bilan 2-o‘rinni egallab, 30 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishi asnosida tashkilotchilar tomonidan 20 million so‘m mukofot egasiga aylandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA