Qilichbozlarimiz jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Musobaqa 9-aprel kuniga qadar davom etadi.
Chempionatda dunyoning 62 davlatidan kelgan 300 nafar qilichbozlar sablya, rapira va shpaga yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro raqobatlashadi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Yorqinjon Yo‘ldoshev hamda jamoa menejeri Xalilullo Sharipov rahbarligida quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qilmoqda:
Sablya yo‘nalishi: Nargiza Jaksibayeva, Ayakoz Jumamuratova, Lara Fernanda Errera, Alpamis Urakbayev va Sardor Abdukarimbekov;
Rapira yo‘nalishi: Ulug‘bek Usmanov va Polina Volobuyeva.
Ma’lumot uchun, 1-3-aprel kunlari sablya bo‘yicha yakkalik va juftlik bahslari tashkil etilsa, 4-6-aprelda rapira, 7-9-aprel kunlari shpaga bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA