Biznesni ro‘yxatga olishda kimlar onlayn ishtirok etadi?
Xabaringiz bor, 15-oktabrdan mamlakatimizda biznesni ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.
Milliy statictika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, biznesni ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlar iqtisodiy birliklarning tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqib, yuzma-yuz suhbat yoki onlayn shaklda yig‘iladi.
Yuridik shaxslar faoliyat yuritayotgan manzilga ro‘yxatga oluvchi xodimlar tashrif buyurib, sub’ektning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, amaldagi faoliyat manzili, faoliyat yo‘nalishi va aloqa ma’lumotlari kabi umumiy ma’lumotlarni planshet orqali savolnomaga kiritadi.
Iqtisodiy faoliyatga oid batafsil ma’lumotlar yuridik shaxslar tomonidan hisobot.stat.uz (eStat 4.0) axborot tizimi orqali mustaqil ravishda onlayn taqdim etiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar va boshqa shu toifadagi iqtisodiy birliklar bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq yuzma-yuz suhbat asosida, ro‘yxatga oluvchilar tomonidan planshetlar yordamida yig‘iladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar esa census.stat.uz axborot tizimi orqali ro‘yxatga olish savolnomasini mustaqil ravishda onlayn to‘ldirishlari mumkin.
Mohigul Qosimova,
O‘zA