«Biz donormiz!»: inson hayoti uçun beminnat kömak
Inson hayotini saqlab qoliş va oğir xastaliklarga çalingan bemorlarga umid bağişlaş eng oliyjanob qadriyatlardan biridir. Bugungi kunda mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlaş, tibbiyot muassasalarini zarur donorlik qoni va uning tarkibiy qismlari bilan uzluksiz taʼminlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylangan.
Bu borada jamiyatda beğaraz donorlik madaniyatini şakllantiriş va köngillilar safini kengaytirişga qaratilgan ezgu taşabbuslar alohida örin tutadi. Ana şunday xayrli tadbirlarning uzviy davomi sifatida Toşkent şahar hokimligida «Biz donormiz!» şiori ostida navbatdagi xayriya qon topşiriş aksiyasi bölib ötdi.

Aksiyada Toşkent şahar hokimligi rahbariyati, xodimlari va boşqa köngillilar iştirok etib, beğaraz qon topşiriş orqali ezgu taşabbusni qöllab-quvvatladi.
Bugungi kunda tibbiyot muassasalarida, ayniqsa, şoşilinç tibbiy yordam va onkogematologiya bölimlarida donorlik qoniga bölgan ehtiyoj doimiy ravişda mavjud. Donorlik bemorlar hayotini saqlab qoliş va tibbiyot muassasalarini sunʼiy ravişda yaratib bölmaydigan qon zaxiralari bilan taʼminlaş uçun zarur. Qonni biror laboratoriya yoki zavodda işlab çiqarişning iloji yöq. Şu sababli uni faqat soğlom insonlarning beğaraz yordami orqali oliş mumkin.

Mazkur tadbir donorlik madaniyatini rivojlantiriş, qon quyişga muhtoj insonlarga yordam beriş, jamiyatda mehr-oqibat va özaro birdamlikni mustahkamlaşga qaratildi.
Har bir donorning hissasi inson hayotini saqlab qolişga xizmat qilişi mumkin.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA