Mamlakatimizda har yili millionlab o‘quvchi maktab partalariga o‘tiradi. Ular orasida bittagina o‘quvchi uchun dars o‘tiladigan maktab ham borligini eshitsangiz, ishonasizmi?

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida joylashgan Aspiduxtar qishlog‘i – tog‘ bag‘ridagi kam sonli xonadonga ega, mo‘’jazgina qishloq. U yerdagi maktab filialida esa atigi 15 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Shu 15 nafarning ichida bir nafar 11-sinf bitiruvchisi – Muslima Toshtemirova ham bor. Uni o‘qitish uchun har kuni 3-4 nafar o‘qituvchi, haftalik jadvalga muvofiq jami 14 nafar pedagog 7 kilometr masofadan qatnab dars o‘tadi.

Bu maktab Kitob tumanidagi 60-maktabning filiali. Hudud Denovbola qishlog‘idan 7 kilometr olisda joylashgan. Lekin bu 7 kilometr – oddiy yo‘l emas, tog‘li, qattiq yog‘inlardan keyin deyarli imkonsiz bo‘lib qoladigan og‘ir sharoitli masofadir.

Atrofini cho‘qqisi bulutlar bilan uyg‘unlashib ketgan baland tog‘lar o‘rab olgan, qor qoplagan yelkasida shamol urilsa ham o‘rnidan jilmaydigan archazorlar bag‘ridagi bir maktab hayotning samimiy manzarasini tasvirlab turgandek.  

Muslima Toshtemirova. Kuchli va irodali o‘quvchi qiz. Har kuni ustozlar turli yo‘nalishlardan qatnab, u uchun dars o‘tadi.  

Bir qarashda mo‘’jizaga o‘xshaydi. Lekin bu fidoyilikdir. Bu kasbga sadoqatdir.

Yo‘l – sabot va muhabbat timsoli. O‘qituvchi Sattor Xabibov qishning sovug‘ini pisand qilmay, tog‘ yo‘lidan “Niva” avtomobilida yo‘lga otlangan. Muslima kabi o‘quvchilarga dars berish uchun.

“Bugun 5 soat dars o‘taman. Har kuni uch-to‘rt nafar hamkasblarim bilan navbatma-navbat kelamiz. Qor bo‘lsa, bir kun avval kelib tunab qolamiz. Bir o‘quvchi bo‘lsa ham – u kelajak.”

Bu so‘zlar nafaqat o‘qituvchilikning, balki insonparvarlik va mas’uliyatning yorqin ifodasidir.

[gallery-23571]

Bir o‘quvchi – yuz umid. Muslima ko‘zlariga kuchli ishonch uyg‘unlashgan, qiziquvchan va jasur qiz. Har bir darsni intiqlik bilan kutadi, har bir o‘qituvchi uning orzusi sari bir qadam.

– Qishlog‘imizda shifokor yo‘q. Men yaxshi o‘qib, shifokor bo‘lmoqchiman. Shu yerga qaytib, odamlarga yordam berishni orzu qilaman, – deydi u, hayotiy maqsadni qalbidan so‘zlab.

Yillar, qorlar, darslar…

11 yil – o‘ylab ko‘ring: yomg‘irli kunlar, muzlab qolgan kechalar, qorli tog‘lar orasidagi 7 kilometrlik yo‘l. Bu maktab faqat moslashuv emas, balki muhabbatning shakliga aylangan.

Har qatra sabr, har nafas mehnat – Muslimani bugungi kunga yetaklab keldi.

24 may – bitiruv kuni.

Muslima maktabni tamomladi. Davrada bitta o‘quvchi, atrofda esa yuzlab qalb. Ustozlar, ota-onalar, qishloq ahli unga tabrik yo‘lladi.

Qo‘ng‘iroq chalindi. Bu nafaqat bitiruv, balki yangi sahifaning boshlanishidir.

– Faqat o‘zim emas, men bilan ustozlarim ham bu maktabni tugatishyapti, – deydi Muslima ko‘zlari yonib.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bir o‘quvchiga – yuz fidoyi qalb. Bu hikoya – bilimga sadoqat, odamgarchilik va eng muhimi, inson hayotidagi bir zarra mehrning qanday tubdan o‘zgarishlarga olib kelishi haqidadir.

Yaponiyaning Xokkaydo orolida 2016 yili bitta o‘quvchi qiz uchun poyezd qatnovi tashkil etilgani butun dunyoda ilhom manbaiga aylangan edi. Agar Yaponiyada bitta o‘quvchi uchun poyezd yurgan bo‘lsa, bizning tog‘li qishloqda bitta o‘quvchiga ta’lim berish uchun o‘n to‘rt fidoyi ustoz tog‘lardan o‘tgan. Bu ham xuddi shunday mo‘’jiza.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-rglBJtJv0g" title="Bitta o`quvchi, o`n to`rt ustoz va tog` bag`ridagi maktab" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitta o‘quvchi, o‘n to‘rt ustoz va tog‘ bag‘ridagi maktab (+video)