Beşariqda yangi turistik loyihalar amalga oşirilmoqda
Farğona viloyati Beşariq tumanidagi Sariqamiş turizm maskanida tadbirkor Şerzod Erkaboyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan yangi loyihalar jurnalist va blogerlarga taniştirildi.
Sariqamiş özining betakror tabiati, köli, unda uçraydigan turli quşlar va baliqlar bilan ajralib turadi. Hududda ekoturizmni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjud. Tabiat qöynida hordiq çiqariş, köl manzarasidan bahramand böliş va hududning tabiiy gözalligini tomoşa qiliş istagidagi sayyohlar uçun bu maskan alohida qiziqiş uyğotişi mumkin.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş maqsadida hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan yangi taşabbuslar ilgari surilmoqda. Bunda Sariqamişni mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun jozibador dam oliş maskaniga aylantiriş, taşrif buyuruvçilarga qulay şaroitlar yaratiş asosiy maqsad qilib belgilangan.
Jurnalist va blogerlar iştirokidagi tanişuv davomida hududning turistik imkoniyatlari, amalga oşirilayotgan işlar hamda istiqboldagi rejalar xususida maʼlumot berildi.
[gallery-32330]
Ayni paytda maskanda yangi loyihalarni röyobga çiqariş borasida işlar davom etmoqda. Ularning amalga oşirilişi hududning turistik jozibadorligini oşiriş, xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş va sayyohlar oqimini köpaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA