Toshkent viloyatining go‘zal tabiati va so‘lim maskanlari turistlarni o‘ziga mahliyo etib kelmoqda. Joriy yilda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali yangi manzillar yaratish va bu orqali turistlar qatnovini yanada ko‘paytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Hozirda Ohangaron tumani “Ertoshsoy” va “Ovjazsoy” hamda Parkent tumani “Chashma”, “Kumushkon” qishlog‘iga “turizm qishlog‘i” maqomi berilgan. Joriy yilda esa Bo‘stonliq tumanining “Yakkatut” hamda Angren shahrining “Yangiobod” va “Lashkarak” qishloqlariga ham “turizm qishlog‘i” maqomi berilishi rejalashtirilgan.   

2025 yilda 250 ta yangi oilaviy mehmon uylari tashkil etilish orqali 575 nafar aholi bandligi ta’minlanib, 185 ming mahalliy hamda 35 ming nafar xorijiy sayyohlar jalb qilinadi. Manzillarda 14 kilometr uzunlikdagi salomatlik yo‘laklari, 1 ming 390 ta quyosh panellari bilan jihozlangan tungi yoritish chiroqlari, 20 kilometr uzunlikda oqova suv tarmog‘ini tortish reja qilingan.  

Bugungi kunda oilaviy mehmon uylariga oyiga o‘rtacha 650-700 ming nafar sayyohlar kelmoqda.  O‘z navbatida vodiy viloyatlariga olib boradigan A-373 avtomagistral yo‘lning Ohangaron tumani hududidan o‘tadiga qismi hamda M-39 avtomagistral yo‘lning Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlaridan o‘tadigan qismida sayyohlarga qulaylik yaratish uchun maxsus xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish shoxobchalari ishga tushadi.  

Shuningdek, “Toshkent-Bo‘stonliq” yo‘nalishida yangi tashkil etilgan tez yurar temir yo‘li Chinorkent bekatidan davlat xususiy sherikligi asosida “Chinorkent-Yusufxona-Amirsoy” yo‘nalishi bo‘yicha kamida 20  dona mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Tahlillarga ko‘ra, yiliga Bo‘stonliq tumanidagi turizm ob’ektlariga o‘rtacha 10-12 million, shundan 350-400 ming nafar xorijiy turistlar tashrif buyurmoqda.  

O‘tgan yili viloyatda jami 6 ta maxsus “turizm ko‘chalari” tashkil etilib, 24 soat faoliyat yuritadigan turizm va ko‘ngil ochar xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Shuningdek, tun-kun faoliyat yuritadigan ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash uchun respublika byudjetidan 11,9 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.    

– Turizm qo‘mitasi qoshidagi “PR markazi” orqali xorijdagi elchixonalarga viloyat turizm salohiyatini targ‘ib etuvchi tarqatma va video materiallar doimiy ravishda yetkazilmoqda, – deydi Toshkent viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Bobojonov. – Ushbu materiallar orqali xorijiy ko‘rgazmalarda viloyat potensiali targ‘ib qilinmoqda. Xususan, delegatsiyamiz Turizm qo‘mitasi bilan birga o‘tgan yili 21-23 oktyabr kunlari AKSHning Florida shtatida bo‘lib o‘tgan “World Tourism Expo Mayami” ko‘rgazmasida hamda poytaxtimizda tashkil etilgan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida qatnashdi.  

2025 yilda esa 8 ta xorijiy turizm ko‘rgazmalarida ishtirok etib, hududning turizm salohiyatini targ‘ib etish, xorijiy turizm kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish orqali xorijiy turistlarni ko‘proq jalb etish maqsad qilingan.  Joriy yil madaniy va ko‘ngil ochar tadbirlar orasida “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivali, “Iloq”, “Somsa sayli”, “Impuls”, “Chimyon sadosi” kabi festivallar, “Jeep-sprint”, “Pahlavon Farhod” musobaqalari hamda xorijiy estrada yulduzlari ishtirokida gala-konsertlar tashkil etish orqali 150 ming nafar xorijiy hamda 2 millionga yaqin mahalliy turistlar jalb etiladi.  

Viloyat bo‘yicha turizm sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash, sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universitetida turizm fakulteti va Bo‘stonliq turizm va servis kollejida hozirgi kunda 542 nafar talabalar tahsil olmoqda. 2024 yil mazkur ta’lim muassasalarini 152 nafar talabalar tamomlab, shundan qarib 98 foizi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha shartnoma asosida ishga joylashtirildi.  

Bundan tashqari, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan birgalikda turistik salohiyatni oshirish yuzasidan Toshkent viloyatining turizm veb sayti “www.tourism.mdis.uz” yaratildi.  Bo‘stonliq tumani va Angren shahri turizm salohiyatini aks ettiruvchi “Bo‘stonliq – Toshkent vohasi javohiri” hamda “Parkent – turizm makoni” nomli kitoblar chop qilindi. 12 ta xorijiy tillarda broshyuralar, katalog va tur-paketlar chop etilib, foydalanilmoqda.    

Umuman olganda, hududni sayyohlarga ko‘proq tanishtirish, ularga qulay sharoit yaratish, mazkur sohada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini beradi.    

A.Musayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyihalar va manzillar turizm rivojiga asos bo‘ladi