Joriy yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 770 ta avtomobillarni yuvish shoxobchasida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarni qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Ahmedova bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijasi haqida intervyu berdi.

– Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning mart-oktyabr oylarida respublika miqyosida 502 ta avtomobillarni yuvish shoxobchasi o‘rganildi. Bu tadbirda Davlat geologiya qo‘mitasining ruxsat beruvchi tartib-taomillari bo‘limi, hududiy gidrogeologiya stansiyalari, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish mintaqaviy inspeksiyalari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirok etdi. O‘rganishlarda mazkur shoxobchalardan 325 tasi yer osti suvlari, 177 tasi boshqa suv manbalaridan (suv ta’minoti korxonalari bilan shartnoma asosida ichimlik suv tarmoqlari, kanal, ariq, suv tashib kelish) foydalanayotganligi aniqlandi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, yer osti suvlari hisobiga faoliyat yuritayotgan avtomobil yuvish shoxobchalaridan 38 tasida suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilish ruxsatnomasi mavjud, 279 tasida esa bunday hujjat yo‘q. 8 tasida ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagan.

Hududlar kesimida Toshkent shahri (97 ta), Surxondaryo (53 ta), Jizzax (51 ta), Navoiy (47 ta), Sirdaryo (47 ta), Xorazm (12 ta), Buxoro (12 ta) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (15 ta) tumanlarida eng ko‘p avtomobil yuvish shoxobchalari ko‘rib chiqildi.

Kam o‘rganilgan hududlarda tahlil o‘tkazilganda, ushbu hududlarda yer osti va yer usti suvlarining sho‘rligi va bu avtomobil yuvish faoliyatiga salbiy ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Yer osti suvlaridan foydalangan holda avtomobil yuvish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 287 ta tadbirkorlik sub’ektiga suvdan foydalanishga doir qonunchilik va normativ hujjatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun tegishli hujjatlar (quduq texnik pasporti va ruxsatnoma) Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olinishi zarurligi aytildi.

Ayni kunlarda respublika bo‘ylab avtomobillarni yuvish shoxobchalarida yer osti suvlaridan maxsus foydalanish bo‘yicha berilgan ruxsatnomalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda, – dedi Ziyoda Ahmedova.

O‘zA muxbiri Nasiba ZIYODULLAEVA yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobillarni yuvish shoxobchalarida yer osti suvlaridan foydalanish tartibi qanday?