Maʼlumki, hozirgi kunda avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etish uchun hokimiyatlarda yer ajratish vakolati yoʻq. Boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tadbirkor avtoyuvish shoxobchasini ochishi va uni rivojlantirishi uchun  qanday talablar qoʻyiladi?  

Davlat ekologik ekspertizasi markazi axborot xizmati rahbari Shahzoda Akramovaning qayd etishicha, avtomobillarni yuvish joylari Davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladigan faoliyat turlarining roʻyxatiga asosan atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasi (mahalliy taʼsir koʻrsatish) faoliyat turiga kiradi.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning IV toifasiga mansub faoliyat turlari obyektlarining davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilar tomonidan Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallariga taqdim etiladigan atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisidagi anketa asosida oʻtkaziladi. Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda Davlat ekologik ekspertizasining xulosasini olish uchun buyurtmachilar tomonidan hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimlaridan sanitariya-meʼyoriy hujjatlarida belgilangan tartiblarga binoan ruxsatnomalar olish, obyekt hududiga yaqin masofada istiqomat qiladigan fuqarolar ishtirokida jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishi va ularning roziligini olish  hamda  artezian qudugʻidan yoki texnik, irrigatsiya tizimlaridan avtomobillarni yuvish uchun sarflanadigan suv uchun qonunchilikda belgilangan tartibda suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olish talablari boʻladi.  

Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda qanday taʼqiqlar bor?

Eng avvalo  avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyati davomida ishlab chiqarish va texnik zaruriyatlar uchun ichimlik suv tarmogʻidan foydalanish qatʼiyan taʼqiqlanadi.  Shuningdek, avtomobillarni yuvish jarayonidan hosil boʻladigan oqova suvlarni zarur meʼyoriy talablar koʻrsatkichlari darajasigacha tozalamasdan, zararsizlantirmasdan, kanalizatsiya tarmogʻiga, ochiq suv havzalariga, irrigatsiya tarmoqlari va relefga tashlash mumkin emas. Shu bilan birga koʻp kvartirali uyning loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan hollarda yertoʻla qismida avtomobillarni yuvish shoxobchasi tashkil etilmasligi kerak.

Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda Davlat ekologik ekspertizasining xulosasida ayrim talablar belgilab qoʻyilgan.

Xususan, avtomobillarni yuvish shoxobchasida hosil boʻladigan ishlab chiqarish oqova suvlari zararli kimyoviy qoʻshimchalar, neft va moy aralashmalaridan tozalanishi uchun samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan mahalliy tozalash inshooti oʻrnatish, yer osti suv zahiralarini neft mahsulotidan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun avtomobillarni yuvish maydonchasi, avtomobil turar-joyi, kirish-chiqish yoʻllari yer maydoni kuchli himoyalangan maxsus beton toʻshama bilan qoplash, ishlab chiqarish oqova suvlari mahalliy tozalash inshootida (maxsus filtr) tozalangandan keyin avtomobillarni yuvish uchun qayta ishlatilishi maqsadida aylanma suv taʼminoti tizimini oʻrnatish shular jumlasidandir.

Shuningdek, mahalliy tozalash inshootida hosil boʻlgan choʻkmalar va ifloslangan oqava suvlar oʻz vaqtida, shartnoma asosida tegishli tozalash tashkilotlari tomonidan assenizatsiya mashinalari yordamida oqova tozalash inshootiga olib chiqilishini taʼminlash, tuproq va yer osti suvlariga oqova suvlarini oqib oʻtishini oldini olish uchun muntazam ravishda tozalash inshootlarining profilaktika tekshiruvlarini oʻtkazish, korxona asosiy faoliyati davomida hosil boʻladigan barcha chiqindilar toʻplanishi, olib chiqib ketilishi, qayta ishlanishi va zararsizlantirilishini taʼminlash  hamda obyekt hududining sanitariya holatini muntazam nazorat qilish, biriktirilgan hududni ozoda saqlash, oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazmaslik, daraxtlarning noqonuniy kesilishiga yoʻl qoʻymaslik  kabi talablar ham mavjud.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda qanday talablar mavjud?