Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘i hududida “Asal bayrami” va asalarichilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda respublikamizning barcha viloyatlari hamda qo‘shni davlatlardan asalarichilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etmoqda. Aytish kerakki, bu yilgi “Asal bayrami”ga fuqarolarimizda qiziqish har qachongidanda yuqori. Chunki, asalarichilar tomonidan ko‘plab yangi mahsulotlar taqdim etilgan.

Yarmarka doirasida respublikamiz hududlarida yetishtirilgan asal va asalari mahsulotlari, soha uchun zarur uskunalar, asalari uyalari namoyish qilinib, aholiga sifatli va arzon asal savdosi tashkil qilindi. 

Shu yerning o‘zida malakali mutaxassislar tomonidan mahorat saboqlari va ilg‘or tajribalar almashish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Respublika va xorijiy davlatlarda asalarichilik sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, uskunalar hamda veterinariya vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

“Asal bayrami”da faol ishtirok etayotgan asalarichilar o‘rtasida 13 yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi hamda g‘oliblar yakunida taqdirlanadi. Ma’lumot uchun aytish kerakki, respublikamizda parvarish qilinayotgan asalari oilalari soni 1 million 400 mingtaga, 2024 yilda asal yetishtirish hajmi esa 35 ming tonnaga yetdi. 

“Asal bayrami” va uning doirasida o‘tkaziladigan seminarlar 10 dekabrga qadar davom etadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QDO78G_MEto" title="“Asal bayrami”ga qiziqish yuqori" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Asal bayrami”ga qiziqish yuqori (+video)