Arnasoyda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanda yoshlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlash borasida mamlakatimizda har qachongidanda ko‘proq ishlar olib borilayotir.

Arnasoydagi 3-sektor hududida joylashgan Bobur mahalla fuqarolari yig‘inida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va yoshlar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot yoshlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish, mahalladagi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni qiynab kelayotgan va mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga qaratildi.
Rahbar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, “har bir yoshga 1 gektar” tamoyili asosidagi amaliy ishlarni davom ettirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish haqida so‘z bordi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ijtimoiy yordam, tadbirkorlik qilish uchun bank kredit mablag‘lari, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish, kontrak pullarini to‘lash, safarbarlik chaqiruvi rezervi kabi 7 ta murojaat va takliflar bildirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan uy-joy, ichimlik suvi ta’minoti va ko‘chalarga tungi yoritgichlarni o‘rnatish kabi 4 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlar bo‘yicha tuman tashkilot va korxona rahbarlariga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosini nazorat qilish ushbu MFY bo‘yicha tayinlangan hokim yordamchisi zimmasiga yuklatildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA