Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Huawei ICT Competition 2024-2025” AKT bo‘yicha mintaqaviy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham qatnashdi.

Tanlovda O‘zbekistondan 520 nafar talaba ro‘yxatdan o‘tgan edi. Unda g‘olib bo‘lgan talabalar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Ar-Riyod shahriga yo‘llanma olgan.

“Huawei ICT Competition 2024-2025” AKT tanlovining final bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3 nafar talabasi tomonidan taqdim etilgan “Sahiya” loyihasi 1-o‘rinni egalladi va hakamlar hay’ati tomonidan raqamli inklyuziyadagi innovatsiyalar uchun taqdirlandi.

Loyiha eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tilini raqamlashtirish va imo-ishora tilini boshqa tillarga onlayn tarjima qilish uchun ishlab chiqilgan ilovadir. Yechim sun’iy intellekt modeli va bulutli yechimlar asosida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, tanlovning amaliyot bellashuvida ishtirok etgan TATU va Inha universiteti talabalaridan iborat jamoa 3-o‘rinni egallab, mukofotlandi.

Marosimda TATU o‘qituvchisi Azamat Qodirov “Outstanding new instructor” nominatsiyasida “Huawei ICT Academy” ning 50 dan ortiq talabalarini o‘qitgani, HCIA xalqaro sertifikatini olganligi va universitetdagi AKT faoliyatining ajoyib natijalari uchun mukofotlandi.

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ar-Riyod shahrida o‘zbekistonlik talabalar taqdirlandi