| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Anvar NOSIROV: Forum o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlaydi

Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov poytaxtimizda davom etayotgan ekspertlar forumining “O‘zbekiston - Koreya Respublikasi: keng qamrovli siyosiy muloqot maxsus strategik sheriklik asosi sifatida” sessiyasida nutq so‘zlab, o‘tgan asr 90-yillarida boshlangan O‘zbekiston - Janubiy Koreya muloqoti kengayib borishi va chuqurlashishi ikki davlat o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha hamkorlik rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.
- So‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam siyosiy va iqtisodiy sheriklik o‘rnatildi. O‘tgan yillar davomida koreyalik hamkorlarimiz amalga oshirgan “Yangi shimol siyosati” har tomonlama va keng qamrovli hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Janubiy Koreya rahbariyati va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi, o‘rnatilgan o‘zaro ishonchli munosabatlar tufayli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha sheriklik ko‘rsatkichi izchil o‘sib bormoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud yaqin tarixiy va madaniy aloqalar mustahkamlanmoqda.
Qayd etish joiz, zamonaviy bosqichda Koreya Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan yaqin munosabat o‘rnatgan, O‘zbekiston bilan esa alohida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘ygan.
Oliy va yuqori darajadagi muntazam muloqot, faol iqtisodiy o‘zaro harakat va sarmoyaviy faoliyat, sermazmun madaniy-gumanitar hamkorlik yaqin aloqalarning muhim tarkibiy qismiga aylangan.
2007 yildan buyon Koreyaga Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan ko‘p tomonlama shaklda hamkorlik qilish imkonini beruvchi “Markaziy Osiyo+Koreya” formati ish boshlagani ham juda muhim.
Mazkur forum o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash, har tomonlama manfaatni himoya qiluvchi turli yo‘nalishlardagi serqirra va ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirishga salmoqli hissa qo‘shishi tayin.
O‘zA
Muallif: umidabutayeva




