Andijon san’at festivali muhitini aks ettirgan ko‘rgazma
Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rgazma Andijon viloyatining Bobur shahrida o‘tkazilgan Rassomlar festivalining mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.
Ekspozitsiyadan festival doirasida namoyish etilgan eng sara tasviriy va amaliy san’at asarlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi festival muhitini Toshkent tomoshabinlariga ham yetkazish, san’at ixlosmandlarini mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlarning ishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
[gallery-29871]
Ekspozitsiyada rassomlar, grafiklar, haykaltaroshlar va fotomusavvirlarning ijod namunalari namoyish etildi.
Taqdim etilgan asarlar milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, zamonaviy hayot va insoniy kechinmalarni badiiy talqinda aks ettiradi.
“Tranzit: Toshkent – Andijon – Toshkent” ko‘rgazmasi poytaxt aholisi va mehmonlariga Andijon san’at festivali muhitini yana bir bor his etish hamda festivalning eng yaxshi asarlarini bir maskanda tomosha qilish imkonini yaratadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘ktam Hayitov (surat),
O‘zA