Mask 2027-yilga kelib AQSHdagi har bir bolaga “SpaceX” aksiyasini bermoqchi
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask 2027-yilga kelib AQSHdagi har bir bolaga bitta “SpaceX” aksiyasini bermoqchi.
Qimmatli qog‘oz tarqatilishini tashkil etish usuli hali aniqlanmagan.
“Bloomberg” hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda taxminan 72 million voyaga yetmagan borligini hisobga olsak, buning uchun hozirgi aksiya narxida 10,5 milliard dollar kerak bo‘ladi.
Yaqinda “Anthropic” aksiyasining 5 foizini jamoat manfaati jamg‘armasiga xayriya qilishini e’lon qilgan edi. Shundan keyin Mask ham tegishli qarorini e’lon qildi. Binobarin, Ilon aksiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy shaxslarga bermoqchi.
S.Rahimov, O‘zA