Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida ro‘y bergan holatlar bo‘yicha turli xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 28 mart kuni taxminan soat 15.00-15.15 larda Yunusobod tumanidagi Amir Temur xiyoboni oldida 3-4 nafar fuqaro T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari, deb gumonlab, ularni urishga harakat qilgan.

Ushbu fuqarolarga 20-25 nafar boshqa shaxslar qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etgan.

Voqea joyida xizmat qilayotgan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlarining aralashuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida nizoning ommalashib ketishining, shuningdek boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olindi hamda hech kimga shikast yetmadi.

Janjalni boshlagan va faol ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolarning 12 nafari ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Aniqlanishicha, mazkur janjalda diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur xiyobonidagi holat bo‘yicha rasmiy xabar