Davlat xizmatlari markazi filialiga press-tur taşkil etildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi taşabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uçun Kegeyli tumani adliya bölimi davlat xizmatlari markazining Xalqobod filiali yangi binosiga press-tur taşkil etildi.
Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan yurtimizda davlat xizmatlarini körsatiş tizimini yanada soddalaştiriş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş hamda aholiga öz yaşaş joyining özida sifatli va tezkor xizmat körsatiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasida 17 ta davlat xizmatlari markazi hamda ularning olis hududlarda joylaşgan 8 ta filiali tomonidan aholiga davlat xizmatlari körsatilmoqda. Mazkur markazlar barça tuman va Nukus şahrida yangidan qurilgan zamonaviy hamda barça qulay şaroitga ega bino bilan taʼminlandi. Markazlar tomonidan 780 mingdan ortiq davlat xizmati, şuningdek, 1 million 329 mingdan ortiq xizmat onlayn tartibda amalga oşirildi. 12 ming 759 ta tadbirkorlik subʼekti davlat röyxatidan ötkazildi. FHDYO organlari tomonidan 43 ming 556 ta dalolatnoma yozuvi qayd etildi.
[gallery-32723]
Şu jumladan, Kegeyli tumani davlat xizmatlari markazi 75 ming nafardan ortiq aholiga xizmat körsatib kelmoqda. Ammo, “Jalpaq jap”, “Köközak”, “Eşonqalʼa”, “Qumşunğil” ovul, “Quyoşli”, “Baxtli”, “Gujum terak” hamda “Xalqobod” mahalla fuqarolar yiğinlari aholisiga 30-40 kilometr masofada joylaşgan tuman markaziga boriş qiyinçilik tuğdirardi.
Uşbu hududlarda yaşovçi aholining aholining oğirini yengil, uzoğini yaqin qiliş maqsadida ötgan oktabr oyida Kegeyli tumani davlat xizmatlar markazining Xalqobod filiali yangi binosi foydalanişga topşirildi. Bundan közlangan asosiy maqsad, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun markazga borişiga ketadigan vaqt va xarajatlarini qisqartiriş, ularga yanada yaqin va şaffof tarzda xizmat körsatişni taʼminlaşdan iborat. Yangi binoning foydalanişga topşirilişi natijasida uşbu hududda istiqomat qiluvçi aholiga davlat xizmatlarini yanada tezkor, qulay va sifatli körsatiş uçun zamonaviy şaroit yaratildi.
Jumladan, taşrif buyuruvçilar infokiosk orqali elektron talon oladi, kutiş zalida monitorlar orqali navbati kelgan fuqaroga qaysi mutaxassisga murojaat qilişi aytib turiladi. Zamonaviy körinişga ega yangi binoda fuqarolar davlat xizmatlari bilan birga, Adliya bölimi, bank, FHDYO organlari xizmatlaridan ham foydalaniş imkoniga ega. Tadbirkorlar uçun qulaylik yaratiş maqsadida filialda “Raqamli markaz” taşkil etilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 — 2028-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etilgan mazkur obʼektning umumiy loyiha qiymati 3,101 milliard sömni taşkil etib, şundan 2,5 milliard söm Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantiriş jamğarmasi mablaği hisobidan, 601 million söm esa mahalliy byudjet mablağlari hisobidan ajratilgan. “Taj turaq jay invest stroy” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan amalga oşirilgan quriliş işlari 2026-yil may oyida boşlanib, oktabr oyida töliq yakunlandi. Mahalliy byudjet mablaği hisobidan yangi obʼekt kompyuter texnikasi, orgtexnika hamda mebel jihozlari bilan taʼminlangan.
— Yangi binoning foydalanişga topşirilişi xalqimiz uçun ajoyib sovğa böldi. Çunki ilgari çekka hudud aholisi tuman markaziga borişi uçun köp vaqti ketar edi. Endilikda yaqin atrofdagi zamonaviy binoda joylaşgan filial xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böldi. Buning uçun Prezidentimizga minnatdorlik bildiramiz, — deydi “Xalqobod” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi Gulçehra Jumanazarova.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar yangi binoda aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi va özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA