Allomalar ijodi – o‘quvchilar nigohida
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Navoiy va Bobur ijodi yosh bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Navoiy va Bobur ijodi yosh bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.Umumta’lim maktablarida o‘tkazilayotgan “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu tanlovda Toshkent shahridagi barcha tumanlardan saralangan maktablar jamoalari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va rag‘batlantirish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Tanlov davomida o‘quvchilar g‘azal tahlili, mumtoz asar ijrosi, ijodkor o‘quvchi kabi shartlarda allomalar merosini qay darajada bilishi, tushunishi va tahlil eta olishini namoyish etdi. Ajdodlarimiz asarlarida tarannum etilgan tinchlik va farovonlik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, yaratuvchanlik, obodlik kabi ezgu g‘oyalar sahna ko‘rinishlari, raqslar, kuy-qo‘shiqlarda aks etdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani o‘quvchilari birinchi o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalar va faol o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.