So‘ngi yillarda mamlakatimizda kadastr sohasini tubdan takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tizimga zamonaviy axborot kommunikatsiyalari joriy etilmoqda. Qolaversa, ko‘chmas mulk va yer hisobini yuritish hamda nazorat qilishda raqamlashtirish jadallashtirildi.

2023 yilda sohaga oid 23 ta normativ hujjat loyihasi ishlab chiqildi, shundan 16 tasi qabul qilindi. Sohani raqamlashtirish bo‘yicha 6 ta axborot tizimi to‘liq ishga tushirildi. 

Respublikaning umumiy 44,9 mln. gektar yer maydonidan 42,8 mln. gektari yoki 95 foizining elektron xaritasi yaratildi. 39,8 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Avval hisobga olinmagan 171,5 mingta yangi ob’ekt va 20,4 mingta mavjud ob’ektlarda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bazasida hisobga olinishi hisobiga 235,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi. Bugungi kunda kadastr bazasida hisobga olingan ko‘chmas mulk ob’ektlari soni 8,3 milliontani tashkil etib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga onlayn taqdim etib kelinmoqda. 

[gallery-15946]

Eng muhimi, 6 turdagi yangi kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 milliondan ortiq kadastr xizmatlari ko‘rsatildi. 

Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati natijasida 28 636 ta 6 259 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlangan. 

AOKAda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi rahbariyati ishtirokidagi bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ana shular haqida so‘z yuritildi. 

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 146 024 ta bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” tizimiga kiritilib, 66 244 tasi auksionga chiqarildi. Vakolatli idora va tashkilotlar tomonidan 27 468 ta yer uchastkalari rad etilgan va 21 977 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. 

Shahnoza Mamaturopova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
6 ming 259 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi