“Zakovat”: bilimli yoshlar jam bo‘ldi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya tashkiloti “Yosh ekologlar” klubi yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ochiq osmon ostida tashkil etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti Siyosatshunoslik va ma’naviyat asoslari kafedrasi huzuridagi “Yosh ma’naviyatchilar” klubi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari bo‘yicha bilimlarini oshirish, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.

Tadbirda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etib, jami 168 nafar talaba-yosh qamrab olindi. Intellektual bellashuv yakunida eng faol va bilimdon jamoalar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA