Muammolar vaistiqbolli yechimlar
Qoraqalpog‘istontibbiyot institutida “Ayollar reproduktiv salomatligi: dolzarb muammolarva yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliykonferensiya o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli anjuman Orolbo‘yi hududida ayollar salomatligini mustahkamlash, reproduktiv tizim bilan bog‘liq muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganish hamda amaliy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan muhim platforma sifatida tashkil etildi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida profilaktika va davolash choralarini takomillashtirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilim va madaniyatini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ham muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.
Konferensiyada Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Halimov mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholiga zamonaviy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuni qayd etish lozimki, mazkur konferensiya Orolbo‘yi hududidagi xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi sohasidagi mavjud muammolarni ilmiy asosda o‘rganish, tajriba almashish va samarali yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, bu kabi ilmiy-amaliy anjumanlar kelgusida tibbiyot sohasida yangi tadqiqotlar olib borish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA