Yurtimizda yetishtirilmaydigan dunyo mevalari
Banan, apelsin va kivi kabi sitrus mevalar bilan hech kimni hayron qoldira olmaymiz. Chunki bu kabi mevalarni yil bo‘yi bozorlar va do‘konlar peshtoqida topsa bo‘ladi.
Lekin dunyoda noyob ko‘rinish va ajoyib ta’mga ega yurtimiz aholisiga notanish bo‘lgan mevalar mavjud.
Ushbu maqolamiz orqali ana shunday noyob mevalar haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Kim bilsin balki bir necha yillardan so‘ng xalqimiz dasturxonida shunday mevalar turishi oddiy hol bo‘lib qolar.
Dunyodagi eng g‘ayrioddiy mevalar issiq va nam iqlimda o‘sadi. Shimoliy kengliklarda yashovchilar uchun bunday mevalarning ko‘rinishi, hidi va ta’mi noodatiy hisoblanadi.
Durian

Duarin mevasi tropik mintaqalarda o‘sadi. U o‘zining xushbo‘y hidi va shirasi bilan ham ajralib turadi.
Karambola

Karambola – Osiyoning janubida o‘sadigan yulduzsimon meva. Nordon yoki shirin ta’mga ega. G‘ayrioddiy mevalar jamlanmasi daraxtda juda go‘zal ko‘rinishda bo‘ladi.
Jekfrut

Jekfrut daraxtining mevalari katta, ularning og‘irligi 35 kg, uzunligi esa 90 sm. Hidi va mazasi banan qaylasi, ananas, mango va hattoki mevali saqich mazasini eslatadi. Jekfrutning urug‘i qovurilganda undan shokolad ta’mi keladi.
Shakarli olma

Shakarli olmaning ta’mi muzqaymoqni eslatadi. Ananas, mango, papayi, shaftoli va qulupnay mazasini sezsa bo‘ladi. Meva og‘zingizda xuddi mayin krem yoki qaymoq kabi erib ketadi. Bu meva shifobaxshlik xususiyatiga ega bo‘lib, isitmani tushurib, dizenteriya kassaligini davolaydi. Birgina yomon tarafi - uning urug‘lari zaharli.
Jabotikaba

Jabotikaning ta’mi uzumni eslatadi. Bu mevadan jele, marmelad, vino tayyorlanadi. Braziliyada ushbu mevaning quritilgan posti bilan astma, diareya va dizenteriya kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Ajoyib mevalar

Mevaning ilmiy tomondan tasdiqlangan noyob xususiyati bor. Bu mevaning bir donasini yeganingizdan so‘ng, nimani tatib ko‘rmang uning mazasi sizga shirinday tuyiladi (hattoki limon ham). Bu jarayon bir soat davomida saqlanib qoladi.
Qizil banan

Qizil banan mevasi malina ta’miga ega (ba’zilar mango mazasini ham sezishgan). Meva tarkibida oddiy sariq bananga qaraganda ko‘proq kaliy, beta-karotin va B vitamini mavjud.
Kivano qovuni

Bu meva shoxli qovun, afrikancha shoxli bodring yoki jeleli qovun degan nom bilan ham mashhur. Mevaning yetilib pishgan vaqtdagi mazasi bodring, kivi va bananlar qaylasiga o‘xshaydi.
Tomarilo

Tomarillo pomidor, baqlajon, Chili qalampirlarning yaqin qarindoshi deb hisoblanadi. Tomarillo pomidorlarga o‘xshaydi, ta’mi esa shirin va nordon shuningdek u tomat va makarakuyuni eslatadi. Bu universal mevani ham desert va garnir qilib ishlatsa bo‘ladi.
Budda qo‘li

Bu mevaning qimmatliligi uning po‘stidadir (ularning po‘sti binafsha gulning hidiga ega). Bu mevani deyarli yeb bo‘lmaydi, chunki uning boshqa yumshoq joyi yo‘q. Mevaning o‘rta qismidagi po‘sti limoni hidini eslatadi. Bu sariq mevaning «barmoqchalaridan» esa ko‘pincha baliqli taomlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Ilon mevasi (Salak)

Bu meva ko‘rinishidan ilon terisiga o‘xshab ketadigan po‘stiga ega. Uning nomi ham shu xususiyatiga asoslangan. Mevaning hidi juda yoqimli bo‘lsa ham, mazasi bir oz o‘zgacharoq - ananas va mayin yong‘oqli banan mazasini eslatadi. Mevalarni po‘stidan ehtiyotkorlik bilan tozalash zarur, chunki ular o‘tkirligida qo‘llaringizni kesib olishingiz mumkin.
Qora sapota

Istalgan mevaning qora rangga burkangani, bu meva yomon bo‘lib qolganidan darakdir, lekin qora sapota uchun emas. Uning qora rangi aynan uni pishganligini va iste’molga yaroqliligini bildiradi. Ko‘rinishi, ta’mi va hidi shokoladli pudingni eslatadi. Meva juda shifobaxsh xususiyatga ega.
Dag‘al melotriya

Melotriya ko‘rinishidan tarvuzga o‘xshaydi. U mevaligiga qaramay uning ta’mi shirin emas. Uning mazasi limon sharbati va bodiringni yodga soladi.
Biriba

Biriba qora rangda bo‘lib, uning bu rangi pishganligidan dalolatdir. Mazasi limonli pirogni eslatadi.
Sapodila

Sapodila mevasining mazsasi jigarrang shakarnikiga o‘xshaydi. Urug‘larning uchida ilgichi bor, agar mevani urug‘idan tozalamay yeb yuborilsa, urug‘lar ichaklarga jarohat yetkazishi mumkin.
Nonli daraxt

Bu meva yetilib pishgan vaqtida juda shirin va sutli ta’mga ega bo‘ladi. Mevani pishib yetilmasidan avval yeyilsa uning mazasi endi pishgan non ta’mini eslatadi.
Barmoqchali laym

Ko‘rinishidan baqlajonni yodga soluvchi bu mevaning ichida anorning donlariga o‘xshash mayda qizil donachalar mavjud. Ular shirin va nordon ta’mga ega.
Kupuasu

Bu meva qisman kakaoni eslatadi. Ko‘pincha milliy kakao o‘rniga ishlatishadi. Bu meva shokolad alternativiga ega faqat bir oz murakkabroq ta’mi bor.
Logan

Bu meva shirin sharbatga boy bo‘lib, juda xushbo‘y hidga ega. Mevaning tarkibida ko‘p miqdorda shakar, vitamin C, kalsiy, temir, fosfor kabi moddalar, shuningdek, organizm uchun foydali bo‘lgan biokislotalar bor.
Shokoladli liana (akebiya)

Bu meva pishgan vaqtda pushti rangda bo‘ladi. Uning ichida esa shokolad ta’mini yodga soluvchi mayda urug‘lar mavjud.