Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi prezidenti Toshkentda
Poytaxtimizda ot sportning konkur va ot yo‘rttirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan FEI Jahon kubogi saralash bosqichi musobaqalari doirasida Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi prezidenti, Rossiya ot sporti federatsiyasi rahbari Marina Sechina boshchiligidagi delegatsiya bilan O‘zbekiston sport mutasaddillrai ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, qo‘mita bosh kotibi Oybek Qosimov, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida tomonlar ot sporti yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish mavzularini muhokama qilishdi.
Shuningdek, konkur bo‘yicha Jahon kubogi saralash bosqichi hamda Yevrosiyo ligasi musobaqalarini tashkil etish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot jarayonida mehmonlar O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirish, professional sportchilarni tayyorlash, sport infratuzilmasini xalqaro darajaga chiqarish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilganligiga yuqori baho berdi.
Bildirilgan fikrlar asosida kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish va mintaqada ot sportini rivojlantirish borasidagi islohotlarni davom ettirish borasida takliflar ilgari surildi
T. Ro‘ziyev, O‘zA