Yashil iqtisodiyot tamoyili va amaliyotini uyg‘unlashtirish mavzusi muhokama qilindi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Barqaror iqtisodiy o‘sish: yashil iqtisodiyot tamoyili va amaliyotini integratsiyalash” mavzusida II xalqaro ilmiy anjumanga mezbonlik qildi.
Tadbirda Hindiston, Pokiston, Turkiya va boshqa mamlakatlar ekspertlari, mamlakatimiz transport sohasi xodimlari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
[gallery-28725]
Ishtirokchilar yashil iqtisodiyotning taraqqiyotdagi o‘rni, sog‘liqni saqlash tizimi va barqarorlik masalasi, oziq-ovqat xavfsizligi, O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari, raqamlashtirish hamda ilg‘or davlatlarning bu boradagi tajribasini muhokama qildilar.
Anjumanning “Barqaror iqtisodiy o‘sish va yashil iqtisodiyot tamoyili: nazariya va amaliyot” mavzusidagi alohida sho‘’ba yig‘ilishini 15-aprel kuni Bishkek davlat universitetida o‘tkazishga kelishildi.
Dilshod Hakimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA