Yirik sarmoya — katta imkoniyat: 2 milliard dollarlik agroenergetika loyihasi amalga oshiriladi
Xitoyda tashkil etilgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.
Forumning B2B muloqotlarida 300 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etib, investitsiyaviy hamkorlik va qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi boshqaruv kengashi rahbariyatining forumdagi chiqishida mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning sanoat hamda qishloq xo‘jaligi rivojidagi o‘rniga to‘xtaldi.

Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Shanxaydagi “SATAMZ” kompaniyasining ko‘cha tozalash texnikalari ishlab chiqarish zavodi faoliyati bilan tanishdi hamda O‘zbekiston, Xitoy va Rossiya vakillari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator memorandumlar imzolandi.
Anjumanning eng muhim natijasi — qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan agroenergetika loyihasi bo‘ldi. 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha ijrosiga O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi, O‘zbekiston Energetiklar milliy assotsiatsiyasi hamda Shanxayning yetakchi energetika markazlari va kompaniyalari mas’ul etib belgilandi.
Muhayyo TOSHQORAEVA, O‘zA