MKBANK xalqaro hisob-kitoblarda yangi bosqichga chiqdi
“Mikrokreditbank” ATB xalqaro moliyaviy hamkorlikni izchil kengaytirmoqda.
Xitoyning eng yirik va nufuzli banklaridan biri — Bank of China’da Xitoy yuanida (CNY) to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik hisobvarag‘i ochildi. Mazkur yangilik bankning xalqaro hisob-kitoblar tizimidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirib, mijozlarga yangi qulayliklar yaratadi.
Endilikda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari Xitoy bilan o‘zaro hisob-kitoblarni:
-milliy valyutada (CNY);
-tezkor va ishonchli tarzda;
-ortiqcha vositachilarsiz;
-minimal xarajatlar bilan;
-zamonaviy bank infratuzilmasi orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ushbu imkoniyat eksport-import operatsiyalarini soddalashtiradi, valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni kamaytiradi hamda biznes jarayonlarini yanada tez va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida