Yamaykada Gaiti prezidenti qotillarining yana biri ushlandi
Yamayka politsiyasi 2021 yil iyulda Gaiti prezidenti Jovenel Moizni o‘ldirganlikda gumon qilingan uch jinoyatchining birini ushlagani haqda ma’lum qildi, deb yozmoqda Jamaica Observer gazetasi.
Gazetaning yozishicha, prezident o‘limida aybdor, deb gumon qilinayotgan Gaiti muxolifatchilaridan hisoblangan sobiq senator Jon Joel Jozef xotini va ikki farzandi bilan Yamaykaning kichik qishloqlaridan birida boshqa nom bilan yashayotganida qo‘lga olingan. Taxminlarga ko‘ra, ular orolga 2021 yil dekabr oyida qayiqda suzib kelgan.
Bundan avvalroq ommaviy axborot vositalari Dominikan politsiyasi Moizning o‘limida asosiy gumondor bo‘lgan tadbirkor Rodolf Jaarni qo‘lga olganini yozgan edi.
Qotillar guruhi Gaiti prezidenti qarorgohida 2021 yil 7 iyulda hujum qilgan edi. Hujum oqibatida Moizning rafiqasi ham jarohat olib, AQSHning Mayami shahrida davolandi. Gaiti hukumati ushbu jinoyatga aloqador 40 dan ziyod kishini hibsga oldi. Ularning 18 nafari Kolumbiya, beshtasi AQSH fuqarosi bo‘lgan. Yana to‘rt nafar politsiyachi hamda prezident xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi, shuningdek, vrach va din peshvosi Emmanuel Sanon ham hibsga olingandi.