Pokistonda yana bir terror hujumi: 5 kishi halok bo‘ldi
Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber Paxtunxva viloyati Bannu tumani politsiya bo‘limiga bomba yuklangan mashina urildi. Portlash oqibatida besh nafar begunoh inson halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Qutqaruv guruhi voqea joyida ishlamoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, hodisa natijasida qo‘riqlash maskani butunlay vayron bo‘lgan. Yaqin atrofdagi bir necha uy ham qulagan, ko‘pchilikni tom bosib qolgan.
Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan bu notinch mintaqada tez-tez terror hujumi, “Tahreek-e-Jihad Pakistan” tashkiloti bilan to‘qnashuv kuzatiladi.
S.Rahimov, O‘zA