Fransiya 2030-yilga kelib raketa va dron zaxirasini 400 foiz oshirmoqchi
Tez kunlarda Fransiya hukumati 2030-yilgacha dron va raketa ishlab chiqarish uchun 8,5 milliard yevro ajratish ko‘zda tutilgan yangi qonunni taqdim etadi.
“Politico” nashri ta’kidlashicha, hujjatda bu “urush iqtisodiyoti”ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgani aytilgan.
Loyihada 2027-yil mudofaa xarajatini 63,3, 2030-yilgacha asta-sekin 76,3 milliard yevrogacha oshirish belgilangan. Kamikadze dronlari 400 karra, “AASM Hammer” boshqariladigan bombalari 240 barobar, “Aster” va “Mica” raketalari 30 foiz ko‘payadi.
S.Rahimov, O‘zA