Xorazm yoshlari giyohvandlikka qarshi
Urganchdagi Yoshlar markazida talaba yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi insholar” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar qizg‘in ijodiy jarayonda o‘z iqtidorlarini namoyish etib, asr vabosiga qarshi qat’iy pozitsiyalarini bildirdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, rasmlar tanlovida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabasi Sarvinoz Rahimova, insholar tanlovida esa Urganch davlat tibbiyot universiteti talabasi Saodatxon To‘rabayeva eng yaxshi ijodiy mualliflar bo‘lishdi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA