Xalqaro e’tibor markazida - Amir Temur hamda Sharq Renessansi sivilizatsiyasi (+video)
Xabaringiz bor, Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman davom etmoqda.
Uch kunlik anjuman jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillarini birlashtirib, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.
Xalqaro anjuman davomida Temuriylar davrining davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va diplomatiya sohalaridagi yutuqlari yuzasidan ilmiy muhokamalar davom etmoqda. Mazkur anjuman O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish, xalqaro ilmiy muloqotni rivojlantirish va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wMEhxNerPyQ" title="Xalqaro e’tibor markazida - Amir Temur hamda Sharq Renessansi sivilizasiyasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA