Veyp yurak salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi (+video)
Elektron sigaretalardan, ya’ni veyplardan foydalanish yurak xuruji va insult xavfini sezilarli darajada oshiradi.
BMC Public Health jurnalida chop etilgan tadqiqot doirasida avvalgi yillarda o‘tkazilgan 12 ta ilmiy ish tahlil qilindi. Yurak xuruji xavfini baholashda 430 mingdan ortiq, insult xavfini o‘rganishda esa 1 milliondan ziyod ishtirokchi ma’lumotlari o‘rganilgan.
Natijalarga ko‘ra, elektron sigareta iste’mol qiladigan odamlarda yurak xuruji xavfi ulardan foydalanmaydiganlarga nisbatan 53 foizga yuqori. Ayniqsa, oddiy sigaret chekishni tashlab, veypga o‘tganlarda xavf yanada kuchli ekani aniqlangan. Avval chekib, keyin elektron sigaretadan foydalanishda davom etgan sobiq chekuvchilarda insultga chalinish ehtimoli umuman chekmaganlarga qaraganda 73 foizga yuqori bo‘lgan.
Olimlar ushbu natijalar elektron sigaretalarni zararsiz muqobil deb qabul qilish noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar veyp suyuqliklari qizdirilganda yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishi mumkinligidan ham ogohlantirmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/YxOHri2hXUE?si=Tjt4MnpRJZblKua9" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA