Mask trillioner bo‘lishi mumkin
Ilon Maskka tegishli SpaceX ommaviy aksiya savdosi — IPO uchun hujjat topshirdi. Bu voqea jahon moliya bozorida mislsiz hodisa sifatida tan olinyapti. Kompaniya aksiyasi sotuvga chiqarilsa, tarixdagi eng yirik IPO qatoridan joy oladi va Mask dunyodagi ilk trillion dollarlik boyga aylanadi.
Manbalarga ko‘ra, kompaniya 75 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘rsatkich 2019-yildagi “Saudi Aramco IPO”sidan ham yuqori. Taxminga ko‘ra, SpaceX umumiy qiymatini 1,5 trillion dollarga yetkazib, dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniya maqomini qo‘lga kiritadi.
Faqat raketa uchirish bilan cheklanmaydigan bu korxona tarkibida global internet xizmatini ta’minlovchi yirik “Starlink” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i ham bor. Boshqa yuqori texnologiyali loyihalar bilan ham integratsiyalashganligi SpaceX tizimining bozordagi pozitsiyasini yanada mustahkamlamoqda.
IPO orqali jalb qilingan mablag‘ Oyda baza yaratish, orbitada ulkan sana markazlari qurish, kelajakda Marsga inson yuborish kabi maqsadlar uchun sarflanadi. SpaceX so‘nggi yillarda NASA va AQSH davlat idoralari bilan milliardlab dollarlik shartnomalar tuzdi. Shu bois kompaniyaning rivojlanishi nafaqat biznes, balki global texnologiya taraqqiy etishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Musulmon Ziyo, O‘zA