Vahshivor bahori
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Vahshivor qishlog‘i atrofidagi tog‘ etaklari bahor faslida o‘ziga xos manzara kasb etgan.
Adirlar yashil libosga burkanib, tabiatda yangilanish jarayoni yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Maysalar orasidan esgan yengil shabada gullar iforini atrofga taratib, hududga o‘ziga xos husn bag‘ishlamoqda.
Tabiat qo‘ynida suvlar shovqini va qushlar sayrashi uyg‘unlashib, sokin va go‘zal muhitni yuzaga keltirgan. Tog‘ bag‘ridan taralayotgan quyosh nurlari esa bahoriy manzarani yanada jozibador etmoqda.
[gallery-28516]
Qayd etish joiz, bu kabi tabiiy manzaralar insonga orom bag‘ishlab, ruhiy tetiklik va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA