Uy-joy hujjatidan yer masalasigacha: kadastr rahbari bilan ochiq muloqot
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish, ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Sadriddin Turdiyev ishtirokida o‘tayotgan uchrashuvda aholi va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, yer va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganilmoqda.

Muloqot davomida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy yechimlarini topish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va hal etish, shuningdek, kadastr sohasida davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul Beruniy tumanida ham o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topishga e’tibor qaratiladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA