Toshkent aeroportida 90 million so‘mlik dori vositalari yashirincha olib o‘tilishi oldi olindi
Toshkent xalqaro aeroportida fuqaro salkam 90 million so‘mlik dori vositalarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi.
Hindistondan uchib kelgan yo‘lovchilardan biri “yashil yo‘lak” orqali harakat qilgan bo‘lsa-da, uning yuklari tekshirilganda fuqaroga tegishli 9 xil turdagi va nomdagi jami 248 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu dorilarning umumiy qiymati 88,4 million so‘mni tashkil etadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan so‘roq va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA