“Toshkent-2026”: Yana uch vaznda jahon chempionlari aniqlandi
Toshkent shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining beshinchi kun bahslari yakuniga yetdi. Unda 3 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Jumladan, vazni -68 kg. bo‘lgan yigitlar o‘rtasida hamyurtimiz Ayubxon Nabiyev finalga qadar o‘tgan janglarda barcha raqiblarini taslim etdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vaznda Ismail Ismailov (Rossiya) chempionga aylangan bo‘lsa, Alidar Abdukarimov (Qozog‘iston) va Karlo Xolevich (Xorvatiya) bronza medal bilan taqdirlandi.

Yigitlar o‘rtasidagi -63 kg. vaznda Parsa Hushyor (Eron), Nolan Rozemund (Fransiya), Ji Yungjin (Koreya Respublikasi) va Sergey Ivanovich (Serbiya) shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar orasida -49 kg.da Siivu Li (Koreya Respublikasi), Miksyuye Li (Xitoy), Heliya Ibrohimian (Eron) va Tina Ninich (Serbiya) jahon chempionati g‘olib va sovrindorlariga aylandi.

Jahon chempionatining so‘nggi 6 kungi bellashuvlarida qizlar -52, yigitlar esa -51 kg. vaznda bahslarga kirishadi. Ushbu bahslarda hamyurtlarimizdan Nozimaxon Abdujabborova yurishini 1/32 final bosqichidan boshlaydi va Anastasiya Selivestru (Moldova) bilan jang qilsa, Asadbek Samandarov mazkur bosqichda Azman Nik Muhammadni (Malayziya) sinovdan o‘tkazadi.

Shuningdek Mohidil O‘ktamjonova -63 kg. vazn toifasida musobaqaning 1/16 final bosqichida Buyuk Britaniya vakili Vinsent Peyj bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA