Badiiy gimnastikachilarimiz Bokuda
Bugun, 17-aprel kuni Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
15 ta davlatning eng mahoratli gimnastikachilari ishtirok etayotgan nufuzli musobaqaning yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Taxmina Ikromova va Lola Jo‘rayeva yakkalik mashqlarda, Irodaxon Sodiqova, Foima el-Sankari, Yosina Jo‘rayeva, Sofiya Usova, Mishel Nesterova, Diana Hakimova jamoaviy bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam Sevar Karimova musobaqalar davomida sportchilarning chiqishlarini baholab borishda ishtirok etadi.
Xalqaro turnir dasturiga muvofiq bugun va ertaga sportchilar guruh bosqich musobaqalarining saralashlarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
19-aprel kuni xalqaro turnirning final bahslari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA