Toni Kroos: "Noyer barcha davrlarning eng zo‘r darvozaboni"
Manuelning harakatlarining o‘zida o‘zgacha aura bor.
Germaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos Manuel Noyer haqida fikr bildirdi.
"Manuel Noyer barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi, bunga shubha ham yo‘q. Noyerning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor va bu faqat undagina ko‘zga tashlanadi. U o‘yinlarini qiziqish bilan tomosha qilish mumkin bo‘lgan yagona darvozabon. Manuelning harakatlarining o‘zida o‘zgacha aura bor. Jahon chempionatidagi fantastik ishtiroki uchun u katta farq bilan ayni vaqtda eng yaxshi nemis posboni bo‘lib turibdi", - dedi Kroos.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli darvozabon 2024-yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.